Mazkur tashkilot 1967 yilda Qorovulbozor tumanida tashkil topgan va “Kogonneftgaz” GNPU deb, keyinchalik esa 1969 yildan 1972 yilgacha “Buxoroneftegaz” QKTI IChB deb atalgan. 1972 yildan 1976 gacha “O‘zbekgazsanoat” QKTI IChB, 1976 yildan 1979 yilgacha “Muborakgaz” QKTI DUK, 1979 yildan esa “O‘zbekgazsanoat” QKTI VIChB deb atalgan.

Gaz Sanoati Vazirligining 1979 yil 25 maydagi 65 –
sonli buyrug‘iga asosan “O‘zbekgazsanoat” VIChBsiga «Soyuzuzbekgazsanoat» VIChB nomi
berildi. Gaz Sanoati Vazirligining 1988 yil 31 martdagi 94/org – sonli
buyrug‘iga asosan «Soyuzuzbekgazsanoat» QKTI VIChB «O‘rtaosiyogazsanoat» Ishlab
chiqarish birlashmasi qoshidagi Quduqlarni kapital ta’mirlash idorasi deb atala
boshladi.

«O‘rtaosiyogazsanoat» Ishlab chiqarish birlashmasining 1991 yil 4 martdagi 28 – sonli buyrug‘iga asosan Quduqlarni kapital ta’mirlash idorasi Quduqlarni kapital ta’mirlash boshqarmasiga aylantirildi.

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1993 yil 14 yanvardagi 31 – sonli buyrug‘iga asosan Quduqlarni kapital ta’mirlash boshqarmasi “O‘zneftgazqazibchiqarish” DAK huzuridagi Quduqlarni kapital ta’mirlash boshqarmasiga o‘zgardi.

Buxoro viloyati Davlat mulkini boshqarish va privatizatsiya qilish qo‘mitasi buyrug‘iga asosan Quduqlarni kapital ta’mirlash boshqarmasi Quduqlarni kapital ta’mirlash ijara tashkilotiga aylantirildi.
Buxoro viloyati Davlat mulkini boshqarish va privatizatsiya qilish qo‘mitasi 1998 yil 12 iyundagi 482 – sonli qaroriga muvofiq Quduqlarni kapital ta’mirlash ijara tashkiloti “O‘zneftgazquduqta’mirlash” OAJga aylantirildi va Qorovulbozor tuman hokimi 1990 yil 1 mart 93 – sonli qaroriga asosan jamiyat ro‘yxatga olingan.