O‘zbekistonlik 100 nafar mutaxassis malaka oshirish va tajriba almashish borasida ana shunday imkoniyatga ega bo‘ldi. Ularga bunday imkoniyat 2019-2020 yillar uchun mo‘ljallangan.

Ta’kidlash kerakki, bu «O‘zbekneftgaz» aktsiyadorlik jamiyati tashabbusi bilan tashkil etilgan GTL zavodi uchun kadrlar tayyorlash o‘quv dasturi tufaylidir. Mazkur dastur doirasida Qatarning OryxGTL zavodida «UzbekistanGTL» MChJ mutaxassislari uchun o‘quv mashg‘ulotlari va ishlab chiqarish amaliyotlarini tashkil etish bo‘yicha kelishuvga erishilgan. Mahalliy mutaxassislar ishlab chiqarish quvvati va texnologiyasi O‘zbekistonda qurilayotgan zavodnikiga o‘xshash bo‘lgan korxonaning ishga tushirish, xizmat ko‘rsatish hamda ekspluatatsiya ishlari bilan tanishish imkoniyatiga ega bo‘ladi.

 

OryxGTL – sintetik suyuq yonilg‘i ishlab chiqaradigan zavod bo‘lib, Qatarning Ras-Laffan shahrida joylashgan. Zavod “Qatar Petroleum” (51%) va “Sasol” (49%) neft va gaz kompaniyalariga tegishlidir. 2007 yilda OryxGTLning suyultirilgan neft mahsulotlari ishlab chiqarish hamji sutkasiga 34 ming barrelni tashkil etgan. O‘zbekistonda qurilayotgan GTL zavodining sutkalik ishlab chiqarish quvvati esa 38 ming barrelga teng.

Joriy yilning iyun-iyul oylarida O‘zbekistonda qurilayotgan GTL  zavodining dastlabki 25 nafar mutaxassisi Qatardagi ushbu zavodda amaliyot o‘tashni boshladi.

Shu bilan birga, ular zavod xodimlari bilan hamkorlikda O‘zbekistondagi zavodni ishga tushirish jarayonida nosozliklarga yo‘l qo‘ymaslik hamda uning barqaror faoliyat ko‘rsatishi, uzluksiz mahsulot ishlab chiqarishini ta’minlash maqsadida OryxGTL zavodi ishga tushirilgan va foydalanishga topshirilgan vaqtda kuzatilgan nuqsonlar misolida ishlab chiqarish jarayonida yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan muammolarni hal etishga doir masalalarda ham malakaga ega bo‘lmoqda.

— Qatar zavodi mutaxassislari O‘zbekistonda qurilayotgan GTL zavodiga bo‘lgan katta qiziqishini bildirmoqda, — dedi «Uzbekistan GTL» kompaniyasining boshqarmasi bo‘limi boshlig‘i Nosir Zokirjonov. — E’tiborlisi, delegatsiyamiz a’zolarining juda yoshligi hamkasblarimizni hayratda qoldirdi va ular ham xuddi biz kabi vatanimizdagi zavodni ishga tushirishda yosh mutaxassislar ishtirok etayotganidan xursand bo‘ldi. Faoliyatim davomida bunday zavod ishga tushirilishida ikkinchi marta ishtirok etyapman, ilk marta  Qoraqalpog‘istondagi Ustyurt gaz-kimyo majmuasi ishga tushirilishida ishtirok etganman. Bu men va hamkasblarim uchun sharaf va katta mas’uliyatir. Shuning uchun zavodni ishga tushirish va uni boshqarish jarayonida uchrashi mumkin bo‘lgan barcha nuqsonlarni iloji boricha ko‘proq o‘rganishga harakat qilmoqdamiz.

Bundan tashqari, kompaniya mutaxassislari 2019-2020 yillarga mo‘ljallangan kadrlar tayyorlash dasturi doirasida texnologik uskunalar va texnologiya jarayonlarini litsenziyalovchi xorijiy ishlab chiqaruvchilarning korxonalarida maxsus o‘quvlarda ishtirok etadi.

 

Eslatib o‘tamiz, “Honeywell UOP Uzbekistan” kompaniyasi O‘zbekistonda qurilayotgan GTL zavodi uchun mutaxassislar tayyorlash va o‘rgatish uchun o‘zining texnologiyalar markazini kengaytirgan. GTL  zavodida “Honeywell” kompaniyasining  “Experion Orion” ishlab chiqarishni boshqarishni eng zamonaviy avtomatlashtirilgan tizimi o‘rnatiladi. Xuddi shunga o‘xshash boshqaruv dastgohlari Toshkentdagi texnologiyalar markazida o‘rnatilgan bo‘lib, zavod uchun muhandislar va boshqaruv tizimi kadrlari tayyorlashda foydalanilmoqda.

Ma’lumot uchun: Qashqadaryo viloyatida sintetik suyuq yoqilg‘i ishlab chiqarish zavodining qurilish maydonchasida qurilish-montaj ishlari davom etmoqda. Ayni paytgacha jami qurilish ishlarining 33 foizdan ortig‘i tugagan. Shartnomani kontrakt asosida bajarishning umumiy jarayoni (ERS shartnomasi) 76,6 foizdan oshgan.

Опубликовано в рубрике One Page

Добавить комментарий

Ваш e-mail не будет опубликован. Обязательные поля помечены *