“O‘ZBEKNEFTGAZ” AJ XODIMLARI XORIJDA KASBIY MALAKASINI OSHIRISHADI

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi “El-yurt umidi” jamg‘armasi tomonidan o‘tkazilgan ikkinchi stipendiya tanlovida neft-gaz korxonalarining 18 nafar xodimlari g‘olib bo‘lishdi.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018 yil 25 sentyabrdagi “O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi mutaxassislarni xorijda tayyorlash va vatandoshlar bilan muloqot qilish bo‘yicha “El-yurt umidi” jamg‘armasi faoliyatini tashkil etish to‘g‘risida”gi Farmoni ijrosini ta’minlash maqsadida doktorantura, magistratura, malaka oshirish va stajirovka dasturlari bo‘yicha xorijda o‘qishga tanlov e’lon qilindi. Fond tomonidan o‘tkazilgan tanlovda ishtirok etish uchun neft-gaz tarmog‘ining ustuvor yo‘nalishlari bo‘yicha 40 nafardan ortiq xodimlari tavsiya etildi.

Tanlovning yakunlari tahlil qilinganda, jami 209 nafar nomzodlar stipendiat sifatida e’tirof etildi, shundan, “Fan va ilmiy-tadqiqotlar” sohasida 39 nafar (19%), “Sog‘liqni saqlash” sohasida 65 nafar (31%), “Davlat boshqaruvi” sohasida 44 nafar (21%) va “Iqtisodiyotning istiqbolli tarmoqlari” sohasida 61 nafar (29%) tashkil etgan. Ulardan 18 nafari neft-gaz korxonalari xodimlaridir.

Toshkent davlat iqtisodiyot universitetining madaniyat saroyida tanlov g‘oliblarini taqdirlash marosimi bo‘lib o‘tdi. Marosim doirasida Jamg‘arma direktori Adxam Bekmuradov neft-gaz korxonalari xodimlariga Jamg‘armaning stipendiatligini tasdiqlovchi sertifikatlarni topshirdi.

“O‘zbekneftgaz” AJ jamoasi “El-yurt umidi” jamg‘armasi tomonidan o‘tkazilgan 2 stipendiya tanlovining g‘oliblarini qutlab, ularning kelgusidagi kasbiy o‘sishlariga muvaffaqiyatlar tilaydi.

 

 

“O‘zbekneftgaz” AJ matbuot xizmati

Опубликовано в рубрике UZNGQT

One thought on ““O‘ZBEKNEFTGAZ” AJ XODIMLARI XORIJDA KASBIY MALAKASINI OSHIRISHADI

  1. Автор комментария Ответ

    Привет! Это комментарий.
    Чтобы начать модерировать, редактировать и удалять комментарии, перейдите на экран «Комментарии» в консоли.
    Аватары авторов комментариев загружаются с сервиса Gravatar.

Добавить комментарий

Ваш e-mail не будет опубликован. Обязательные поля помечены *