A+ A A- Shrift hajmi
ICHKI AUDITOR UCHUN TANLOV

ICHKI AUDITOR UCHUN TANLOV

ICHKI AUDITOR UCHUN TANLOV


“O‘zneftgazquduqta’mirlash” AJ ichki auditor lavozimiga tanlov e’lon qiladi.


Nomzodlarga qo'yiladigan talablar:
Arizachilar quyidagilarga ega bo'lishi kerak:
Buxgalteriya hisobi, audit, moliyaviy yoki soliq nazorati sohasida oxirgi o‘n yildan kamida ikki yil davomida amaliy ish tajribasi (shu jumladan to‘liq bo‘lmagan ish vaqti) va quyidagi talablardan biriga javob berishi kerak:
ichki auditor sertifikatiga ega bo'lishi;


O‘zbekiston Respublikasi oliy ta’lim muassasalarida yoki xorijiy davlatning ta’lim muassasalarida olingan va O‘zbekiston Respublikasi qonunchiligiga muvofiq O‘zbekiston Respublikasidagi ta’limga tenglashtirilgan deb e’tirof etilgan oliy iqtisodiy ma’lumotga ega bo‘lishi.


Tanlovda ishtirok etish uchun nomzodlar “O‘zneftgazquduqta’mirlash” AJga (hujjatlar “O‘zneftgazquduqta’mirlash” AJ Kuzatuv kengashiga taqdim etilganligini ko‘rsatgan holda) ichki auditorlik guvohnomasi nusxasi, diplom nusxasi hamda nomzod to‘g‘risidagi boshqa zarur ma’lumotlarni taqdim etishi kerak.


Hujjatlar pochta orqali yuborilishi yoki 200900, Buxoro viloyati, Qorovulbozor, Chulquvar ko‘chasi, 40-uy manzili bo‘yicha “O‘zneftgazquduqta’mirlash” AJ (“O‘zneftgazquduqta’mirlash” AJ Kuzatuv kengashi)ga topshirilishi kerak.


E-mail: uzngqt@yandex.ru, uzngqt@umail.uz, uzngqt@exat.uz
Web-sayt: www.uzngqt.uz.
Telefon, faks: (0 365) 364-12-53.364-41-39.
Mobil: (93) 274-66-88

«back