OzneftgazquduqtamirlashAJ asosan neft, gaz va gazokondensat quduqlarini tola tamirlash va er osti quduqlarni tamirlash bilan shugullanadi.

 

  • Quduqlarni kapital va joriy tamirlash texnologiyasi boyicha quyidagi ishlar amalga oshiriladi:
  •  
  • Er osti suvli qalamlariga yuqori bosim ostida tsementli qorishma joylash yoli bilan suv qatlamlarini izolyatsiya qilish;
  • Sementlangan qatlam qotgandan so‘ng neft qatlamida perforatsiya ishlari bajarildi. Perforatsiya intervaligacha nasos kompressor quvurlari tushiriladi, azot qurilmasi va yuvuvchi agregat orqali quduqqa havo bilan to‘yintirilgan suyuqlik mahsuldor qatlamdan flyuid oqimi kelguncha haydaladi;
  • Yon bosh stvol qazish texnologiyasi asosan Avariya holatidagi quduqlarda qo‘llaniladi. Avariya holatidagi quduqlarga quduqdagi avariya holtiga olib kelgan uskuna yoki begona metallarini chiqarib olish imkoni bo‘lmagan va quduq ekspluatatsiyasi davrida ekspluatatsiya kolonnasi qisilib qolgan quduqlar kiradi. Quduqni qisilib qolgan joyidan yoki avariyag olib kelgan uskuna ustidan “отклонитель” o‘rnatiladi va ekspluatatsion kolonnadan darcha ochiladi. So‘ngra mazkur darcha orqali loyihadagi chuqurlikkacha yon bosh stvol qaziladi, bu chuqurlikka “xvostovik” tushiriladi va tsementlanadi. Oxirgi davrlarda yon bosh stvol qazish texnlogiyasini telemetriya tizimi orqali amalga oshirish tadbiq qilinmoqda;
  • Quduq tubini chuqurlashtirish texnologiyasi quduq qazishning boshlang‘ich davrida loyli qorishmaning quduq ichida haddan ziyod yutilib ketishi yoki tuzli qatlam suzuvchanligi sabab loyihadagi chuqurlikkacha qazilmagan quduqlarda amalga oshiriladi. Hozirgi kunda so‘nggi texnologiyalardan foydalangan holda quduqni loyihadagi chuqurlikkacha qazib, uning tubiga “xvostovik” tushirib tsementlash imkoni mavjud;
  • Gidropeskostruyli perfortsiya qatlamda anomal yuqori bosim mavjud bo‘lgan maydonlarda ssement toshi vayron bo‘lishi yoki mahsuldor gorizontlardagi ekspluatatsion kolonnalarda yoriqlar paydo bo‘lishiga qarshi kurashish va uglevodorod qazib olishni ko‘paytirish maqsadida bajariladi;
  • Quduq ustki qismini qayta jihozlash texnologiyasi deganda – kolonnalararo bosim mavjud bo‘lganda quduqning ustki qismini korroziyaga qarshi, vodorod sulfidga chidamli materiallardan tayyorlangan qismilarga almashtirish tushiniladi. Buning uchun perforatsiya intervali ustidan osilib turuvchi tsement ko‘prik qo‘yiladi, nasos kompressor quvurlari ko‘tariladi va quduq ustki qismi qismlarga ajratiladi qilinadi. Emirilgan detallar yangisiga almashtiriladi va qayta quduq ustiga montaj qilinadi. Quduq ichiga germetika haydaladi va shu orqali osilib turuvchi tsement ko‘prik burg‘ulanib o‘tiladi.
  • “O‘zneftgazquduqta’mirlash” AJning asosiy vazifalari bu quduqlarni kapital va joriy ta’mirlsh bilan uglevodorodli xom ashyosini qazib olish bo‘yicha oldiga qo‘yilgan topshiriqlarni bajarish, mehnat xavfsizligini ta’minlash, innovatsion g‘oya, yangi texnika va texnologiyalarini tadbiq etish,  quduqlarni mahsuldorligini oshirish va shu orqali jamiyatning moliyaviy ahvolini va mehnat madaniyatini yaxshilash. Shu bilan bir qatorda jamiyat yer osti qatlam bosimini ushlab turish uchun gaz haydovchi va suv haydovchi quduqlarni ham kapital ta’mirlaydi. Bundan tashqari ayrim viloyat tumanlaridagi aholini ichimlik suvi bilan ta’minlash maqsadida suv quduqlarini qazish ishlari jamiyat tomonidan amalga oshiriladi.