«O‘ZNEFTGAZQUDUQTA’MIRLASh» AJ NING VAZIFA VA MAQSADI

Quyidagilar Jamiyatni tashkil etish va faoliyatining asosiy maqsadi hisoblanadi: Jamiyat asosiy maqsadiga erishish uchun faoliyat va xizmat ko‘rsatishning quyidagi turlarini amalga oshiradi:

Neft va gaz quduqlarini ta’mirlashda serviz xizmat ko‘rsatish;
Qishloq xo‘jalik yangi yer maydonlarini ochish va ekish;
Sanoat ob’ektlarini qurish va ta’mirlash;
Uy-joy va ijtimoiy soha ob’ektlarini
Qurish va ta’mirlash;
Aholiga pullik xizmat ko‘rsatish;
Transport xizmati ko‘rsatish, qurilish
Materiallari, ehtiyot qismlari bilan ta’minlash;
Qishloq xo‘jalik mahsulotlari yetishtirish va uni qayta ishlab chiqarish;
O‘zbekiston Respublikasi amaldagi qonunchiligi bilan man etilmagan boshqa faoliyat turlari bilan shug‘ullanishi mumkin;

Qonunchilikda belgilangan boshqa faoliyat turlarini o‘rnatilgan tartibda amalga
oshirishi mumkin.

Jamiyat o‘z faoliyatini amalga oshirish va oldida turgan vazifalarni yechish uchun quyidagi huquqlariga egadir:
a) xalq iste’mol mollarini ishlab chiqarish va realizatsiya qilish;

b) sanoat mahsulotlarini ishlab chiqarish, xalq iste’mol mollarini ulgurji va
chakana savdosini tashkil etish;

v) o‘zi ishlab chiqargan, viloyat tashqarisidan xarid qilgan maxsulotni so‘mga va
valyutaga sotish uchun turli xildagi savdo korxonalarini ochish.

g) amalga oshirilayotgan ish va ko‘rsatilayotgan xizmatlarga bo‘lgan talab va
rivojlanish biznes-rejasining asosiy iqtisodiy ko‘rsatgichlari asosida o‘z
faoliyatini rejalashtirish va rivojlanishning istiqbolini belgilash;

d) o‘z faoliyatini rivojlantirish biznes-rejasini tuzish;

E) belgilangan tartibda asosiy vositalarni ijaraga berish va olish, kredit, lizing, grand, va boshqa moliyaviy yordam mablag‘larini jalb etish;

j) O‘zbekiston Respublikasining qonunchiligi va xalqaro shartnomalarga mos ravishda tashqi iqtisodiy faoliyatni tashkil etish, chet ellik xuquqiy shaxslar bilan ilmiy va ilmiy-texnik hamkorlikni mustaqil amalga oshirish;

z) amaldagi qonunchilikda belgilangan tartibda va mustaqil ravishda o‘z balansidan mol-mulk, qarzlarni, kamomad va boshqa zararlarni chiqarish;

i) Jamiyat faoliyatining barcha yo‘nalishlarida o‘z munosabatini O‘zbekiston Respublikasi qonunchiligi va o‘z faoliyati maqsadi va predmeti doirasida yuridik va jismoniy shaxslar bilan tuziladigan shartnoma, kelishuv, kontraktlar asosida
tashkil etadi;

k) mahalliy va xalqaro miqyosida ilmiy konferensiya, simpozium, forum, davra suhbatlari tashkil etish va ularda ishtirok etish;

l) o‘z faoliyatini moddiy-texnik ta’minotini tashkil etish, o‘z faoliyati natijasida olingan daromadlarni mustaqil ravishda tasarruf etish, shuningdek moliyaviy va beg‘araz xayriya yordam ko‘rsatish;

m) boshqa manbalardan kelgan moliyaviy mablag‘lardan foydalanish;

n) mavjud moliyaviy mablag‘lar manbalari hisobidan asosiy va aylanma vositalarni sotib olish yoki ijaraga olish;

o) qonunchilikda belgilangan tartibda tarkibiy tuzilmalarni tashkil etish, O‘zbekiston Respublikasidan va xorijdan mutaxassislar yollash, ularning mehnatiga haq to‘lash uslubi, miqdori va turini mustaqil belgilash;

p) O‘zbekiston Respublikasi qonunchiligi, Jamiyat Ustavi va unda belgilangan maqsad va vazifalarga zid bo‘lmagan boshqa faoliyat turlari bilan shug‘ullanish;

r) Jamiyat O‘zbekiston Respublikasi qonunchiligida inobatga olingan boshqa huquqlarga ham ega.

Maxsus ruxsatnoma (litsenziya) talab qilinadigan faoliyat turlari tegishli ruxsatnoma (litsenziya) olingandan so‘ng amalga oshiriladi.

Jamiyat yuqorida ko‘rsatilgan faoliyat turlaridan tashqari o‘ziga qarashli bo‘linmalar, korxonalar ishini yaxshilash hamda ularni qullab-quvvatlash uchun qonunchilikka zid kelmaydigan boshqa ishlarni ham bajarishi mumkin.

Jamiyat faoliyati yuqorida belgilangan faoliyat turlari bilan chegaralanmaydi. Jamiyat amaldagi qonunchilik va mazkur Ustavga zid bo‘lmagan faoliyatni amalga oshirish uchun zarur bo‘lgan huquq va majburiyatlarga ega bo‘lishi mumkin.
Jamiyatning ho‘jalik va boshqa faoliyatiga davlat va boshqa tashkilotlar tomonidan aralashuviga yo‘l qo‘yilmaydi, agar bu Jamiyat faoliyatini belgilangan tartibda nazorat qilish huquqi bilan bog‘liq bo‘lmasa.