«TATNEFT» AYoQShLARI TARMOG‘I O‘ZBEKISTONDA FAOLIYAT BOSHLADI

Tatneft» kompaniyasi O‘zbekiston Respublikasi hududida avtomobillarga yonilg‘i quyish shoxobchasini ochish bilan o‘zi  faoliyat yuritayotgan hududlar ro‘yxatini kengaytirdi.

Toshkent viloyatining O‘rta Chirchiq tumanida (Oxunboboev mavzesi, Toshkent-Nurafshon avtoyo‘lining 5-kilometrida) «Tatneft» kompaniyasining avtomobillarga yonilg‘i quyish shoxobchasi tantanali ravishda ochildi. Mazkur tadbirda Toshkent viloyati hokimi v.b. Rustam Holmatov, Nurafshon shahri hokimi Usmon Raximov va Rossiya Federatsiyasining O‘zbekistondagi favqulodda va muxtor elchisi Vladimir Tyurdenov, «Tatneft» kompaniyasining bosh direktori Nail Maganov, Tatariston Respublikasining O‘zbekistondagi Vakolatxonasi raisi Ramil Shokirovlar ishtirok etishdi.

Nail Maganov tadbir qatnashchilariga murojaat qilar ekan, Rossiya bilan O‘zbekiston o‘rtasidagi samimiy sheriklik munosabatlari ikkala tomonning ilmiy-texnik, sanoat va ishlab chiqarish imkoniyatlarini o‘zaro mustahkamlashga yo‘naltirilganligini alohida ta’kidladi. 

«Tatneft» kompaniyasi bilan O‘zbekiston o‘rtasidagi hamkorlikning ko‘lami keng bo‘lib, u geologiya-qidiruv, konlarni ishga tushirishga tayyorlash, shina biznesi kabi sohalarni o‘z ichiga olgan. Ular bilan kadrlarni tayyorlash va boshqa yo‘nalishlarda ham hamkorlik qilish imkoniyatlari mavjud.  

Toshkent viloyatida «Tatneft» kompaniyasining dastlabki ko‘plab rusumdagi yonilg‘i turlari bilan savdo qiluvchi avtomobillarga yonilg‘i quyish shoxobchasi ishga tushirildi. Kelgusida «Tatneft» kompaniyasining chakana savdo tarmog‘ini kengaytirish nazarda tutilmoqdaki, bunday tarmoq hududni Rossiyadagi etakchi kompaniyalarning yonilg‘isi bilan, shu jumladan «TANEKO» neftni qayta ishlash kompleksining yuqori sifatli yonilg‘isi bilan ta’minlaydi.

Mazkur AYoQShda «TANEKO» AJda ishlab chiqarilgan Ai-95, Ai-92 rusumli avtobenzinlar va dizel yonilg‘isi, O‘zbekiston neftni qayta ishlash zavodlarida ishlab chiqarilgan Ai-80 rusumli avtobenzin, shuningdek Metan mahsulotlarini sotish rejalashtirilmoqda.

Ma’lumot uchun:  hozirgi paytda Rossiya Federatsiyasi hududida «Tatneft» kompaniyasining 600 dan ziyod avtomobillarga yonilg‘i quyish shoxobchasi mavjud. Ularning har birida mijozlarga qulaylik yaratish maqsadida yuqori darajadagi servis xizmati va qo‘shimcha xizmatlar taklif etiladi. Ana shunday qulayliklarga ega AYoQShlar endilikda O‘zbekistonda ham faoliyat boshlaydi.

 

 

«O‘zbekneftgaz» AJ matbuot xizmati

Добавить комментарий

Ваш e-mail не будет опубликован. Обязательные поля помечены *